четверг, 24 октября 2013 г.

Hammani lol qoldirgan LARUSMIANI brendi “Art Week StyleUz” da.

Xar bir inson “moda” so’zini eshitganida ko’zini oldiga Milan shahri  quriladi. Bugungi qahromonimiz ham Milanda  tug’ilgan va hozirgi kunda shu go’zal moda poytaxtining eng yorqin brendlaridan biriga aylangan.


23 oktyabr Art Week StyleUz haftaligi doirasida Larusmiani brendi tomonidan, Yoshlar ijod saroyida o’zining yangi liboslarini namoyish etdi. Namoyishga kelgan mehmonlar moda va tekstil atmosferasiga sho’ng’ishdi. Namoyishda dizayner asosan ko’k va to’q qizil ranglarga urg’u bergan.  


Rasmlarga e’tibor bersangiz, bu yil, qish mavsumida mo’ynali kiyimlar kiysangiz siz hech ham modadan ortda qolmaysiz. Ko’k va to’q qizil rangli tekstil matosidan tikilgan nozik kiyimlar,huddi Qo’qon shahridagi mayin shabbodadek hilprab turardi.  LARUSMIANI brendi mo’yna va mayin tekstil matosini shunday bir-bira bog’laganki, huddi qish va yo’z fasillari bir mavsumda uchrashishadi.